TIZIMCHI AI · WORKSHOP QO'LLANMASI
1 kunda o'z shaxsiy AI agentingiz
Miya · Klon · Jurnal · Telegram va ovoz · 24/7 · Ertalabki brifing. Windows va Mac uchun qadamma-qadam.
Otabek Azimov · workshop.tizimchiai.uz
1 kunda o'z shaxsiy AI agentingiz
Kun oxirida sizda agent bo'ladi: sizni biladi, sizdek yozadi, har ishni eslaydi, telefoningizdagi Telegram orqali buyruq oladi, ovozli xabarni tushunadi va har ertalab o'zi reja yuboradi.
Yuqoridan Windows yoki Mac ni tanlang — sayt butun buyruqlarni shu tizimga moslab ko'rsatadi.
Bu qo'llanmada har buyruq ikki xil berilgan: Windows va Mac. O'z kompyuteringizdagisini ishlating. Nusxa olish uchun sayt: workshop.tizimchiai.uz
Yo'l xarita: noldan shaxsiy agentgacha
Har bosqich oldingisiga quriladi. Bittasini bosib o'sha joyga o'ting.
AI agent nima va oddiy chatdan farqi
ChatGPT yoki Claude chatida har safar o'zingizni qaytadan tushuntirasiz va javobni o'zingiz ko'chirib ishlatasiz. Agent esa sizning kompyuteringizda yashaydi, sizni biladi va ishni o'zi bajaradi.
| Oddiy AI chat | Shaxsiy AI agent | |
|---|---|---|
| Xotira | Har suhbat noldan | Sizni, biznesingizni, maqsadingizni fayllarda saqlaydi |
| Uslub | Umumiy, "AI tilida" | Siz yozgandek yozadi (klon) |
| Ish | Maslahat beradi | O'zi bajaradi: task, hisob, post, javob, fayl |
| Qayerda | Brauzer oynasida | Telefoningizdagi Telegram botda, ovoz bilan ham |
| Tashabbus | Siz so'ramaguncha jim | Har ertalab o'zi reja yuboradi, eslatadi |
Ichida nima ishlaydi: Claude Code (Anthropic kompaniyasining agent dasturi) + brain papkasi (agentning xotirasi) + Telegram bot (aloqa) + Gemini (ovozni matnga o'giradi).
Kun rejasi
| Vaqt | Blok | Natija |
|---|---|---|
| 09:30 | Tekshiruv: claude ochiladimi, Pro faolmi | Hamma bir xil startda |
| 10:00 | AI agent nima — jonli namoyish | Nima qurishni ko'rasiz |
| 10:30 | 1. Miya tuzilmasi | brain papkasi |
| 10:50 | 2. Klon: intervyu va sinov | Agent sizni taniydi |
| 11:50 | 3. Jurnal va Telegram plagini | "Bugun nima qildik?" ishlaydi |
| 12:10 | Tushlik va namoz | Orqada qolganlar yetib oladi |
| 13:00 | 4. Telegram bot va ovoz | Bot sozlangan |
| 13:45 | 5. 24/7 va telefondan sinov | Telefonda javob keladi |
| 14:30 | 6. Ertalabki brifing va yakuniy tekshiruv | Tayyor agent |
| 14:50 | O'z ishingizdan 3 ta real vazifa | Agent ishga tushdi |
| 15:30 | Natijalar, support tartibi, keyingi qadam |
Oldindan kerak bo'ladigan narsalar
Bosib belgilab chiqing — belgilar shu brauzerda saqlanadi.
- Noutbuk — Windows 10/11 yoki macOS 12+, kamida 8 GB RAM, 10 GB bo'sh joy. Planshet va telefon yaramaydi.
- Claude Pro obunasi — 20 $/oy (claude.ai → Upgrade). Bepul akkauntda Claude Code ishlamaydi.
- Xalqaro karta (Visa/Mastercard) — obuna uchun.
- Telegram telefoningizda va o'z raqamingiz.
- Google akkaunt — ovozli xabar uchun bepul Gemini kalit.
- Administrator huquqi kompyuterda (ish noutbuki bo'lsa IT bo'limidan oldindan so'rang).
- Zaryadlovchi va tok uzaytirgich.
- Ixtiyoriy: o'zingiz yozgan 5 ta xabar yoki post (agent sizning uslubingizni shundan o'rganadi).
0-kun: o'rnatish (workshopdan 1–2 kun oldin, 90 daqiqa)
Zalda vaqt yo'qotmaslik uchun hamma narsa oldindan o'rnatiladi. Onlayn efirda birga qilamiz. Tugatgach yopiq guruhga skrinshot tashlang.
1. Claude Pro
claude.ai/upgrade → Pro → karta bilan to'lov. Shu email bilan keyin Claude Code ga kirasiz.
2. Claude Code o'rnatish
Start → PowerShell ni oching va buyruqlarni birma-bir kiriting. Avval Git (Claude Code unga tayanadi):
winget install --id Git.Git -e
PowerShell ni yopib qayta oching, keyin:
irm https://claude.ai/install.ps1 | iex
Launchpad → Terminal ni oching:
curl -fsSL https://claude.ai/install.sh | bash
Tekshiruv — versiya raqami chiqishi kerak:
claude --version
3. Python (skriptlar uchun)
winget install -e --id Python.Python.3.12
Mac da odatda bor. Tekshiring; yo'q bo'lsa oyna chiqadi — "Install" bosing:
python3 --version || xcode-select --install
4. Miya papkasini ochib, Claude ga kirish
mkdir $env:USERPROFILE\brain; cd $env:USERPROFILE\brain; claude --dangerously-skip-permissions
mkdir -p ~/brain && cd ~/brain && claude --dangerously-skip-permissions
Birinchi marta brauzer ochiladi — Claude Pro akkauntingiz bilan kiring. Keyin yozing:
Salom! Men kimligimni hali bilmaysan. Qaysi operatsion tizimda ishlayotganimni, Python va Git o'rnatilganini tekshir va natijani 3 qatorda ayt.
5. Kalitlarni oldindan olib qo'ying
Hammasini bitta matn faylga (masalan kalitlar.txt) saqlang. Workshopda agentga berasiz.
- Telegram ID — Telegramda @userinfobot ga istalgan xabar yozing, u raqam beradi.
- Bot token — @BotFather →
/newbot→ nom → username (botbilan tugaydi) → token123456:AA... - Gemini kalit (ovoz uchun) — aistudio.google.com/apikey → Create API key →
AIza... - Ixtiyoriy: api_id va api_hash (agent sizning nomingizdan yozishi uchun) — my.telegram.org → API development tools. "ERROR" chiqsa VPN ni o'chiring.
6. Bun (Telegram plagini uchun)
powershell -c "irm bun.sh/install.ps1 | iex"
curl -fsSL https://bun.sh/install | bash
1Miya tuzilmasi
Agentning xotirasi — oddiy papka va matn fayllar. 3 qatlam: qoidalar, ish, shaxsiy. Ziddiyat bo'lsa kichik raqam yutadi.
Sen mening shaxsiy AI agentimsan va hozir o'z miyangni quryapsan. Shu brain papkasida quyidagini yarat: 1) CLAUDE.md — konstitutsiya: sen kimsan, ustunlik tartibi (1-claude-tizim qoida > 2-biznes ish > 3-shaxsiy kontekst), har suhbat boshida nimani o'qishing, qat'iy qoidalar (faqat o'zbekcha lotin, qisqa, doim faylga yoz, fayl o'chirma, pul va begona odamga yozish faqat mening ruxsatim bilan). 2) 1-claude-tizim/: ish-uslubi.md (7-bo'lim "Mening uslubim" bo'sh), vazifalarim.md, 2-jurnal/ (jurnal.py: har sessiya va natijani sana bilan yozadi, "qidir so'z" buyrug'i bilan izlaydi). 3) 2-biznes/: biznesim.md, tasklar.md, 3-mijozlar/, 5-kontent/, 8-pul/. 4) 3-shaxsiy/: men-haqimda.md, maqsadlar.md, kun-tartibim.md, xotira.md. 5) holat.md — 6 bosqichli jadval (miya, klon, jurnal, telegram, 24/7, brifing) va hozir 1-qatorni ✅ qil. Operatsion tizimimni o'zing aniqla. Tugatgach 5 qatorda tushuntir: miyang qanday tuzilgan.
Tekshiruv
xaritani ayt
Agent 3 qatlamni va asosiy fayllarni sanab bersa — tayyor.
Fayllarni ko'rish uchun Obsidian o'rnating → Open folder as vault → brain. Buni uyda ham qilsa bo'ladi.
2Klon: agent sizni o'rganadi
Endi meni o'rgan. Menga intervyu o'tkaz: savollarni 3-4 tadan ber, javoblarimni SO'ZMA-SO'Z (qisqartirmasdan) tegishli faylga yoz va har guruhdan keyin "✅ Yozdim: ..." de. Guruhlar: A) men kimman (men-haqimda.md); B) biznesim: nima sotaman, narxlar, mijozim kim, eng katta muammo, oylik daromad va maqsad (biznesim.md, maqsadlar.md); C) mijoz bilan qanday gaplashaman, ko'p beriladigan 5 savol; D) uslubim: siz/sen, qisqa/batafsil, emoji, tez-tez ishlatadigan iboralarim (ish-uslubi.md 7-bo'lim — eng muhim); F) kunim qanday o'tadi, zerikarli takroriy ishlar, sen HECH QACHON o'zing qilmasliging kerak bo'lgan ishlar. Zalda vaqt kam: har guruhdan eng muhim 2-3 savolni ber (jami 12 ta), qolganini holat.md ga "uyda" deb yoz.
Intervyu savollari to'liq (⭐ — zalda, qolgani uyda)
A — Siz kimsiz → men-haqimda.md
- ⭐ O'zingizni bir jumlada qanday tanishtirasiz? Yosh, shahar.
- ⭐ Nima bilan shug'ullanasiz, bu ishga qanday keldingiz?
- Sizni boshqalardan ajratib turadigan 3 xislat? Nimaga qattiq ishonasiz?
- Kuchli va zaif tomoningiz? Odamlar siz haqingizda ko'p aytadigan gap?
B — Biznesingiz → biznesim.md
- ⭐ Aynan nima sotasiz va har birining narxi?
- ⭐ Mijozingiz kim, sizdan nega oladi, qaysi kanaldan keladi?
- ⭐ Eng katta muammo qaysi? Hozirgi oylik daromad va maqsad raqam?
- Raqobatchilar kim, farqingiz nima? Jamoa bormi, kim nima qiladi?
C — Mijoz bilan muloqot → biznesim.md
- ⭐ Mijoz bilan qanday ohangda gaplashasiz? Ko'p beriladigan 5 savol va odatiy javoblaringiz?
- "Qimmat" desa nima deysiz? Mijozga hech qachon aytmaydigan narsangiz?
D — Uslub → ish-uslubi.md 7-bo'lim (eng muhim)
- ⭐ "Siz"mi "sen"mi? Qisqa yoki batafsil? Emoji? Hazilmi, jiddiymi?
- ⭐ Tez-tez ishlatadigan so'z va iboralaringiz? Hech ishlatmaydiganlari? Xabarni qanday boshlaysiz va tugatasiz?
- ⭐ O'zingiz yozgan 3–5 ta xabar yoki post (tahrirsiz).
E — Qaror uslubi → men-haqimda.md
- Qarorni nimaga qarab qilasiz: raqam, tuyg'u yoki tavakkal?
- Qaysi qarorlarni faqat o'zingiz qilasiz, qaysi ishlarni AI ga bemalol berasiz?
F — Kun va chegaralar → kun-tartibim.md
- ⭐ Kuningiz qanday o'tadi? Takroriy zerikarli ishlar? Vaqtni eng ko'p yeydigan ish?
- ⭐ Agent HECH QACHON o'zi qilmasligi kerak bo'lgan ishlar? Qachon ruxsat so'rashi shart?
- AI qilib bersa eng katta yordam bo'ladigan ish?
Uyda davom ettirish uchun agentga yozing: intervyuni davom ettir.
Uslub namunasi (eng qimmat xomashyo)
Mana men o'zim yozgan xabarlar. Ulardan uslubimni o'rgan va ish-uslubi.md 7-bo'limiga qoida qilib yoz: [shu yerga 3-5 ta xabar yoki postingizni tashlang]
Sinov — birma-bir yozing
meni taniysanmi?
task qo'sh: mijozga taklif yuborish, muddat juma
chiqim 50$, reklama
bugun nima qilaman?
mijozga javob yoz: "narxi qancha?" degan. Mening uslubimda, avval menga ko'rsat
3Jurnal va Telegram plagini
Jurnalni avtomatik qil: ~/.claude/settings.json ga hook qo'sh — har sessiya boshi va har zaprosda jurnal.py yozib borsin (mavjud sozlamalarni saqla, JSON to'g'riligini tekshir). Keyin Telegram plaginini o'rnat. Tugatgach menga aniq ayt: qanday chiqib qayta kiraman.
Plagin buyruqlari (agent o'zi bajaradi, zarur bo'lsa qo'lda):
claude plugin marketplace add anthropics/claude-plugins-official claude plugin install telegram@claude-plugins-official --scope user
Chiqib qayta kirish: /exit, keyin:
cd $env:USERPROFILE\brain; claude --dangerously-skip-permissions
cd ~/brain && claude --dangerously-skip-permissions
davom et. Bugun nima qildik?
4Telegram: bot va ovoz
Telegram botni sozla. Mana ma'lumotlar: Bot token: [BotFather bergan token] Mening Telegram ID: [userinfobot bergan raqam] Gemini kalit: [AIza...] Tokenni plagin papkasidagi .env ga yoz, access.json da faqat mening ID imni ruxsat qil (allowlist). Tokenni getMe bilan tekshir. Ovozli xabarni matnga o'giradigan ovoz.py yoz (Gemini orqali) va kalitni tekshir. Tugatgach menga botni ochib Start bosishni ayt.
Bonus (uyda): agent sizning nomingizdan yozsin
my.telegram.org dan olingan api_id va api_hash kerak. Node.js o'rnatiladi:
winget install -e --id OpenJS.NodeJS.LTS
curl -o- https://raw.githubusercontent.com/nvm-sh/nvm/v0.40.3/install.sh | bash && source ~/.nvm/nvm.sh && nvm install --lts
O'z Telegram akkauntimni ula (userbot MCP). api_id: [..], api_hash: [..], telefon: [+998..]. Kod kelganda men aytaman. Qoida: mening nomimdan faqat men aniq buyurganda yozasan va avval matnni ko'rsatasan.
524/7: agent doim ishlaydi
Endi o'zingni doimiy rejimga o't: alohida oynada Telegram kanali bilan ishlaydigan sessiya ochadigan va u yopilsa 5 soniyada qayta ko'taradigan skript yoz (loop). Kompyuter yonganda o'zi ishga tushsin va har daqiqada tekshirib tursin. Uyqu rejimini o'chir. Ishga tushir va 60 soniyada Telegram ulanganini tekshir.
Agent ishlatadigan asosiy buyruqlar (ma'lumot uchun):
Set-ExecutionPolicy -Scope CurrentUser RemoteSigned -Force schtasks /Create /F /TN JarvisStart /SC ONLOGON /TR "powershell -ExecutionPolicy Bypass -File %USERPROFILE%\jarvis\jarvis-start.ps1" schtasks /Create /F /TN JarvisWatch /SC MINUTE /MO 1 /TR "powershell -WindowStyle Hidden -ExecutionPolicy Bypass -File %USERPROFILE%\jarvis\jarvis-start.ps1" powercfg /change standby-timeout-ac 0
launchctl bootstrap gui/$(id -u) ~/Library/LaunchAgents/com.jarvis.agent.plist sudo pmset -a disablesleep 1
claude --channels plugin:telegram@claude-plugins-official --dangerously-skip-permissions
Telefondan sinov
- Botga yozing: tasklarim? — 👀 va javob kelsin.
- Ovozli xabar: "ertaga soat 10 da uchrashuv, task qilib qo'y".
- Terminalni yoping (agent oynasini emas) va yana yozing: bugun nima qildik?
Kompyuter tokka ulangan va yoniq tursin. Kompyuter o'chsa agent ham to'xtaydi — doimiy ishlashi uchun serverga ko'chirish mumkin (support bo'limiga qarang).
6Ertalabki brifing va yakun
Har kuni 08:30 da menga Telegramga ertalabki brifing yubor: bugungi 3 ish (bittasi sotuv yoki kontent), muddati o'tgan tasklar, maqsadimga qancha qoldi. Buni jadvalga qo'y (Windows: Task Scheduler, Mac: launchd) va hozir bir marta sinab yubor.
Yakuniy 6 tekshiruv
- MIYA — "xaritani ayt" to'g'ri javob beradi
- KLON — "meni taniysanmi?" faqat fayllardan, to'g'ri
- JURNAL — "kecha nima qildik?" eslaydi
- ALOQA — telefondan yozsa javob keladi
- OVOZ — ovozli xabarni tushunadi
- BRIFING — sinov brifingi keldi
Kundalik buyruqlar
Telefondan botga yoki kompyuterda claude ga yozasiz.
Ish
tasklarim?
task qo'sh: ..., muddat ...
bugun nima qilaman?
kun yakuni
Pul va kontent
kirim 500$ mijoz ...
bu oy qancha?
post yoz: ... mavzuda, mening uslubimda
g'oya: ...
Miya
maqsadimni eslat
bu faylni tegishli joyga saqla
intervyuni davom ettir
Tizim
holatingni tekshir
jurnaldan qidir: ...
shu xatoni tuzat
Ko'p uchraydigan xatolar
Avval doim: xato matnini yoki skrinshotni agentga tashlang — "shu xatoni tuzat". Ko'p muammo shu bilan hal bo'ladi.
"claude" buyrug'i topilmadi
PowerShell ni yopib qayta oching. Bo'lmasa o'rnatish buyrug'ini qayta bering. Git o'rnatilganini tekshiring: git --version.
"running scripts is disabled" (skript bloklangan)
Set-ExecutionPolicy -Scope CurrentUser RemoteSigned -Force
winget topilmadi
Microsoft Store → "App Installer" ni yangilang yoki Python/Git ni rasmiy saytdan yuklab o'rnating.
Kompyuter uxlab, bot javob bermayapti
powercfg /change standby-timeout-ac 0 schtasks /Run /TN JarvisStart
"command not found: claude"
source ~/.zshrc && claude --version
Skript ochilmayapti (karantin)
xattr -d com.apple.quarantine ~/jarvis/*.command 2>/dev/null
Qopqoq yopilsa agent to'xtaydi
sudo pmset -a disablesleep 1
Bot javob bermayapti
Agent oynasi ochiqmi? Tokenni tekshiring (agentga: "bot tokenini getMe bilan tekshir"). access.json da ID ingiz bormi.
Ovozli xabar tushunilmayapti
Gemini kalitini tekshiring: agentga "Gemini kalitni tekshir" deb yozing. VPN yoqilgan bo'lsa o'chiring.
Savol-javob
Dasturlashni bilmasam bo'ladimi?
Ha. Siz faqat o'zbek tilida prompt yozasiz yoki saytdan nusxa olasiz. Kodni, fayllarni, sozlamalarni agent o'zi yozadi va tekshiradi.
Nega Claude Pro pullik (20 $)? Bepulida bo'lmaydimi?
Claude Code — agent dasturi — faqat pullik tarifda ishlaydi. Bu agentning "miyasi". Bu summa workshop narxiga kirmaydi, obunani o'zingiz to'laysiz.
Ma'lumotlarim xavfsizmi?
Agentning xotirasi sizning kompyuteringizdagi oddiy papkada turadi. Bot faqat sizning Telegram ID ingizga javob beradi (allowlist). Sizning nomingizdan yozish faqat siz aniq buyurganda va matnni ko'rsatgandan keyin.
Kompyuter o'chsa nima bo'ladi?
Agent to'xtaydi, kompyuter yonganda o'zi qayta ishga tushadi. Kompyuter o'chiq bo'lganda ham ishlashi uchun agentni serverga ko'chirish mumkin — bu workshopdan keyingi alohida xizmat.
Ish noutbukida qilsam bo'ladimi?
Administrator huquqi bo'lsa — ha. IT bo'limi dastur o'rnatishni bloklagan bo'lsa, shaxsiy noutbuk bilan keling.
Zalda ulgurmasam-chi?
Har bosqich saytda turadi. Uyda agentga davom et deb yozasiz — u holat.md dan qayerda qolganingizni o'qiydi. Qiyin joyda 14 kunlik support guruhi yordam beradi.
Oyiga yana qancha xarajat bo'ladi?
Faqat Claude Pro (20 $/oy). Telegram bot va Gemini kaliti bepul.
Agent xato qilsa?
Unga to'g'rilab ayting: "bundan keyin shunday qil". U buni qoida qilib faylga yozadi va keyingi safar shunday qiladi.
Atamalar lug'ati
- Agent
- Ishni o'zi bajaradigan AI: fayl yozadi, buyruq ishlatadi, natijani tekshiradi.
- Claude Code
- Anthropic kompaniyasining agent dasturi. Terminalda
claudebuyrug'i bilan ochiladi. - Terminal
- Buyruq yoziladigan oyna. Windows'da PowerShell, Mac'da Terminal.
- Prompt
- Agentga yoziladigan topshiriq matni.
- brain (miya)
- Agentning xotirasi — kompyuteringizdagi papka va matn fayllar.
- CLAUDE.md
- Agentning konstitutsiyasi: kim, qanday ishlaydi, qoidalari. Har suhbat boshida o'qiladi.
- Klon
- Agentning sizning uslubingizda yozishi — intervyu va namunalardan o'rganadi.
- Jurnal
- Har ish va natija avtomatik yoziladigan daftar. "Kecha nima qildik?" shu yerdan.
- Hook
- Avtomatik ishlaydigan qoida: masalan har sessiya boshida jurnalga yozish.
- Plagin
- Claude Code ga qo'shimcha qobiliyat. Bizda — Telegram plagini.
- Bot token
- Telegram botingizning maxfiy kaliti. @BotFather beradi. Hech kimga bermang.
- API kalit
- Xizmatdan foydalanish uchun maxfiy kalit (masalan Gemini).
- 24/7
- Agent alohida oynada doim yoqiq turadi va yopilsa o'zi qayta ko'tariladi.
- Obsidian
- brain papkasidagi fayllarni chiroyli ko'rish uchun bepul dastur.
Workshopdan keyin: 14 kun support
1. O'zingiz
Xatoni agentga tashlaysiz: "shu xatoni tuzat". Sayt va xatolar bo'limi doim ochiq.
2. Yopiq guruh
Savolingizni yozasiz. Avval AI yordamchi javob beradi, hal bo'lmasa har kuni 20:00 da yordamchi.
3. Jonli soat
3-kun va 10-kun — 60 daqiqalik Zoom, ekraningizni ko'rsatib tuzatamiz.
4. Keyingi qadam
Serverga ko'chirish (kompyuter o'chsa ham ishlaydi), Gmail/kalendar ulash, kompaniya uchun to'liq AI tizim.